Главная » Статьи » Yangiliklar |
Visa Gold – tilla rang karta. Bu kartadan bankning eng nufuzli va badavlat mijozlari foydalanadilar. VisaGold – ushbu karta egasiga alohida xizmat va diqqat-e'tibor ko‘rsatiladi. Ko‘plab supermarket va restoranlar VisaGold egalari uchun imtiyoz dasturlarida mamnuniyat bilan ishtirok etadilar. VisaGold kartasi ko‘nglingiz istagan tovarlar va xizmatlar haqini to‘lashdek ajoyib imkoniyat bilan birga hamyoningizni yanada yorqin va qulay qilishga qodir. “Kapitalbank” OATBda Siz VisaGold debet kartasini ochishingiz mumkin. VisaBusiness - Visa korporativ kartochkalari. Korxona xodimlarining xorijiy safarlari chog‘idagi xarajatlarini nazorat qilish va hisobga olish uchun ajoyib vosita. Uncha katta bo‘lmagan korxona rahbarlariga shaxsiy va ish xarajatlarini farqlash imkonini beradi. Visa kartasi egalari o‘z kartalaridan 24 million savdo nuqtalarida, shu jumladan deyarli 1 million bankomat, dunyo bo‘ylab 170 dan ortiq mamlakatda foydalanishlari mumkin.Bugungi kunda plastik karta – bu qulay va yuqori texnologiyali axborot manbaidir. Hozirgi zamonda plastik kartochkalar deyarli har jabhada qo‘llanilmoqda. Xarid qilayotganingizda Sizga kerakli bo‘lgan summanigina beradigan hamyonni faraz qiling, Sizdan boshqa hech kim undan foydalana olmaydi va, eng asosiysi, hamyonni yo‘qotib qo‘ysangiz ham pullaringiz yoningizda qoladi. Bunaqasi bo‘lmaydi, deb o‘ylaysizmi? Biz bu fikringizga qo‘shilmaymiz. “Kapitalbank” ATB Sizga qulay va xavfsiz yechim taklif etadi. Bu - PLASTIK KARTOCHKALAR! Visa Electron - - plastik kartochkalari yordamida deyarli butun dunyo bo‘ylab xarid qilish, naqd pul olish mumkin. Aksariyat hollarda bu kartalar debet sxema bo‘yicha elektron hamyon sifatida ishlaydi, ya'ni kartochkaga qancha pul tashlangan bo‘lsa, mijoz shuncha pul sarflashi mumkin. Visa Electron plastik kartochkalarining o‘ziga xos tomoni shundaki, har qanday operatsiyani karta rekvizitlari, uning amal qilish muddati va karta hisobidagi mablag‘ yetarliligi elektron tarzda tekshirilgandan keyin amalga oshirish mumkin. Shu sababli Visa Electron kartalari yuqori darajada himoyalangan karta hisoblanadi va kundalik foydalaniladigan kartochka sifatida e'tibor qozongan. Odatda, banklar bu kartochkalarni kredit tarixiga ega bo‘lmagan yangi mijozlarga, shuningdek kartochka tanlayotganda himoyalanganlik darajasi yuqori kartochkalarni afzal ko‘radigan mijozlarga taklif etadilar. Visa Classic – bu karta Visa logotipi bo‘lgan deyarli barcha nuqtalarda to‘lovga qabul qilinadi. Undan ham elektron, ham mexanik to‘lov terminallarida, bankomatlarda foydalanish mumkin, shuningdek bu kartochka Internet yoki telefon orqali to‘lovga qabul qilinadi. Bu karta bank kartalari bilan ishlash tajribasi bor kishilarga mo‘ljallangan. U o‘rtacha daromadli iste'molchilar ichida ayniqsa e'tibor qozongan, chunki qulaylik, tanlash imkoniyati va moliyaviy moslashuvchanlik imkonini beradi. Kartochka yordamida “bron qilish operatsiyalari”ni amalga oshirish mumkin, ya'ni mehmonxonada xona, aviachipta va boshqa xizmatlarni buyurtirish mumkin. Odatda, buning uchun o‘z kartasi rekvizitlarini tovar yoki xizmat sotuvchisiga ma'lum qiladi, mijoz tovar olganidanyoki xizmatdan foydalanganidan so‘ng sotuvchi uning kartochka hisobidan tegishli mablag‘ni yechib oladi. Internet orqali xaridlar ham taxminan shunday amalga oshiriladi. Internet to‘lovlar uchun kartochkada uchta raqamdan iborat maxsus servis kodi bo‘lib, u kartaning orqa tomonida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ammo, ehtiyot bo‘lish va o‘z kartangiz rekvizitlari noinsof savdogarlarning qo‘liga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Visa Gold – tilla rang karta. Bu kartadan bankning eng nufuzli va badavlat mijozlari foydalanadilar. VisaGold – ushbu karta egasiga alohida xizmat va diqqat-e'tibor ko‘rsatiladi. Ko‘plab supermarket va restoranlar VisaGold egalari uchun imtiyoz dasturlarida mamnuniyat bilan ishtirok etadilar. VisaGold kartasi ko‘nglingiz istagan tovarlar va xizmatlar haqini to‘lashdek ajoyib imkoniyat bilan birga hamyoningizni yanada yorqin va qulay qilishga qodir. “Kapitalbank” OATBda Siz VisaGold debet kartasini ochishingiz mumkin. VisaBusiness - Visa korporativ kartochkalari. Korxona xodimlarining xorijiy safarlari chog‘idagi xarajatlarini nazorat qilish va hisobga olish uchun ajoyib vosita. Uncha katta bo‘lmagan korxona rahbarlariga shaxsiy va ish xarajatlarini farqlash imkonini beradi. Visa kartasi egalari o‘z kartalaridan 24 million savdo nuqtalarida, shu jumladan deyarli 1 million bankomat, dunyo bo‘ylab 170 dan ortiq mamlakatda foydalanishlari mumkin.
| |
Просмотров: 536 | |
Всего комментариев: 0 | |